Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
70
10
2392025-07-18 10:48

Og‘ir hudud toifasidagi mahallalar obod go‘shalarga aylanmoqda

O‘zbekiston tumanidagi “og‘ir hudud” toifasidagi mahallalarda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida infratuzilmani yaxshilash, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish, odamlar turmush darajasini oshirish maqsadida keng ko‘lamli bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, 3 ming 150 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladigan “Nurli kelajak” mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari natijasida hudud ijtimoiy infratuzilmasi tamomila yangilanmoqda. Dastur doirasida mahalla o‘ramidagi Dasturxonchi qishlog‘ida bir dona sug‘orish qudug‘ining qurilib, ishga tushishi natijasida 120 ta xonadon tomorqalarini muammosiz sug‘orish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ayni paytda hududdagi Xudoyorxon qishlog‘ida ham 250 ta xonadonga xizmat ko‘rsatishi belgilangan xuddi shunday yana bir suv qudug‘i qazilmoqda. Mahallada past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va mazkur yo‘nalishdagi ishlar sifatini yaxshilash tadbirlari ham olib borilmoqda. Shu maqsadda ayni kungacha Do‘stlik ko‘chasiga 60 ta yangi tayanch ustunlari va 250 kVa quvvatli 1 ta yangi transformator o‘rnatildi. Elektr ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar uzviy davom ettirilib, hududga yana 110 tadan ziyod tayanch ustunlari, yana bir yangi transformator o‘rnatiladi va yangi havo tarmoqlari tortiladi. Tumandagi og‘ir hudud toifasiga kiritilgan mahallalarda ana shu yo‘sinda kompleks ishlar amalga oshirilib, maskanlar obod manzillarga aylanmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz