Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
70
10
2372025-07-18 17:34

Oqila qizlar-jamiyat ko‘zgusi

Bugun O‘zbekiston tumanidagi madaniyat uyida "O‘zbegimning oqila qizlari" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimining o‘rinbosari-Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Zulfiyaxon Sarimsoqova, “Oqila ayollar” harakati a’zolari, bitiruvchi qizlar va ularning onalari, faol o‘quvchi-qizlar ishtirok etdi. Yurtimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir qizlar safini kengaytirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkillangan tadbirda ishtirokchilar bugungi kunda xotin-qizlarga yaratilgan keng imkoniyatlar xususida alohida to‘xtalib o‘tishdi. Tadbirda qtidorli qizlar turli yo‘nalishlar, xususan, fan va chet tillarini o‘zlashtirish, raqamli texnologiyalar, iqtisod, madaniyat va sportda erishgan yutuqlari hamda kelgusidagi ezgu reja-maqsadlari haqida bo‘lishdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz