Yana bir uchrashuv yoshlar jinoyatchiligining oldini olish, ularni yot g‘oyalardan asrash masalalariga bag‘ishlandi







O‘zbekiston tumanidagi 1-sonli politexnikumida “Yoshlarimizni yot g‘oyalar ta’siridan saqlash, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish – barchamizning burchimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimligi, ichki ishlar bo‘limi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi mutasaddilari, imom-xatiblar, ustoz-pedagoglar, yoshlar, ularning ota-onalari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Uchrashuvda yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatchilikning omillari, ularga imkon berayotgan shart-sharoitlar, ushbu illatni bartaraf etish yo‘llari, bunda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, boshqa mutasaddi muassasalar va jamoatchilikning mustahkam hamkorlik faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga e’tibor qaratildi. Ma’ruzachilar tomonidan turli omillar, ayniqsa internet tarmoqlari orqali radikal g‘oyalarning kirib kelishi, buning oqibatida aholining zaif qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning turli guruhlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish maqsadida tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazishni yanada kuchaytirish va ta’sirchanligini oshirish lozimligi ta’kidlandi. Yoshlar tarbiyasida ota-ona ma’suliyatiga alohida to‘xtalib, yigit-qizlar orasida bunday illatlarni oldini olish, g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi doimo sergak va hushyor bo‘lish, milliy qadriyatlarimizni mustahkamlash va urf-odatlarimizni keng targ‘ib qilish yuzasidan yana bir bor qo‘shimcha aniq takliflar ilgari surildi. Kun tartibidagi ana shunday dolzarb masalalar yuzasidan fikr va tajribalar almashindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



