Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
67
10
752025-07-09 15:17

Mahallada sayyor qabul o‘tkazildi

O‘zbekiston tumani hokimi Ravshanbek Begmatov ishtirokida fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va hal etish maqsadida bugun Abdurahmon Jomiy nomli mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda tuman prokurori Obidjon Sobirov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sodirjon Abdullayev, tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbari Ulug‘bek Fozilov, tuman hokimining o‘rinbosarlari va mas’ul tashkilotlar vakillari ham ishtirok etdi. Jarayonlarda fuqarolar tomonidan bildirilgan jami qirqdan ziyod turli yo‘nalishlardagi murojaatlar har tomonlama ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning ma’lum qismiga shu kunning o‘zida ijobiy yechim topildi. Muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa tegishli mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz