Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
67
10
632025-07-09 22:10

Xalq deputatlari tuman Kengashining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Ravshanbek Begmatov, tuman Kengashi deputatlari, tuman prokurori Obidjon Sobirov, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Ma’lumki, joriy yilning 15 iyun kuni bo‘shab qolgan o‘ringa xalq deputatlari tuman Kengashi deputati saylovi o‘tkazildi. Sessiyada saylov natijalari yuzasidan tuman saylov komissiyasi raisi Shoxruxbek Shokirovning hisoboti eshitildi. Ta’kidlanganidek, amaldagi qonunchilik me’yorlariga muvofiq bo‘lib o‘tgan saylovda saylovchilarning 98,7 foizi qatnashdi. Unda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Ravshanbek Begmatov saylovchilarning 96,4 foiz ovozi bilan xalq deputatlari tuman Kengashiga 2-Nursux saylov okrugidan deputat sifatida ro‘yxatga olindi. Sessiyada tuman saylov komissiyasi raisi tomonidan Ravshanbek Begmatovga deputatlik guvohnomasi va ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi “Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-440-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-martdagi PQ-111-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda tumanda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilikka va huquqbuzarlikka qarshi kurashish, uni oldini olish, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan har bir mahallada kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida O‘zbekiston tumanida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurori O.Sobirovning hisoboti to‘g‘risida; O‘zbekiston tumanida 2025-yil jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portalida “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida; 2025-yilda tumanda Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshrilishi rejalashtirilgan loyihalarga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida; O‘zbekiston tuman mahalliy budjetining 2025-yil II-chorak ijrosi, shuningdek 2025-yil II chorakda shakllangan qo‘shimcha manbalaridan foydalanish hamda mahalliy budjet tashkilotlari mablag‘larini maqbullashtirish va maqbullashtirilgan mablag‘larni qayta taqsimlash to‘g‘risida; 2025-yil 2-chorak yakuni bo‘yicha jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti to‘g‘risida; 2025-yilning o‘tgan birinchi choragi davomida tumanda elektr energiyasini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida; 2025-yilning o‘tgan birinchi choragi davomida tumanda tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasida olib borilgan ishlar to‘g‘risida; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qaroriga muvofiq tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2025-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Sessiya kun tartibidagi har bir masala yuzasidan tarmoq mas’ullarining axborot va hisobotlari tinglandi. Кўриб чиқилган масалалар yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida yakunda xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz