G‘alaba muborak – aziz quvasoyliklar!








🎉G‘alaba muborak – aziz quvasoyliklar! 📢Avval xabar berganimizdek, (https://t.me/quvasoy_hokimligi/32559) “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqasining Farg‘ona viloyat bosqichida mini futbol bo‘yicha Quvasoy shahar jamoasi Qo‘qon shahar jamoasiga qarshi maydonga tushdi. ⚽️O‘yinning ilk daqiqalaridanoq har ikkala jamoa a’zolari hujumkor o‘yin namoyish etdi. Xavfli hujumlar soni bo‘yicha quvasoyliklar peshqadamlik qilib, o‘yinning birinchi bo‘limida raqib jamoasi darvozasiga gol kiritdilar. ✅Ikkinchi bo‘lim boshida quvasoyliklar ikkinchi golni kiritib hisobni yirik holga keltirdi. ➡️Goldan keyin har ikkala jamoa a’zolari hujumga zo‘r berdi. Qo‘qon jamoasi ham bo‘sh kelmay hisobni 2:1 ko‘rinishiga qisqartirdi. 🟡O‘yinning so‘nggi daqiqalarida jamoamiz hujumchilari tomonidan kiritilgan so‘nggi gol g‘alaba keltirib, musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanma olishga sabab bo‘ldi. 🏆Shu tariqa “Quvasoy” jamoasi 3-1 hisobida “Qo‘qon” jamoasi ustidan g‘alaba qozondi. 🟢Uchrashuv yakunida, shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov, shahar DXX rahbari hamda Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Mo‘sinjon Mexmonovlar jamoa a’zolarini munosib g‘alaba bilan tabrikladilar. 🇺🇿Jamoa a’zolari o‘z ustida muntazam shug‘ullanishlari, mazkur musobaqaning keyingi bosqichlarida viloyat sharafini munosib himoya qilib, g‘alaba qozonishlari lozimligi, buning uchun ularga barcha shart-sharoitlar yaratib berilishi alohida ta’kidlandi. 🇺🇿Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Dang‘arada uy-joy qonuniy egasiga qaytarildi

Bitiruvchilarga diplomlar topshirildi.

O‘zbekiston fermerlari kengashi Rayosati a’zolarining fermerlarga MUROJAATI

O‘zbekiston fermerlari kengashining M U R O J A A T I

“Zakovat” intellektual musobaqasi tashkil etildi.
