Farg‘ona tumanida sayyor qabul davomida fuqarolarning muammolari o‘rganildi





Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan “Xurshidi Tobon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida aholining moddiy yordam va nafaqalar, imtiyozli kredit olish, soliqlarni hisoblash tartibi, bolalar nafaqasini rasmiylashtirishda uchrayotgan muammolar, kadastr masalalari bo‘yicha jami 15 ta murojaat qabul qilindi. Murojaatlarning aksariyatiga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, ayrim organish talab qilinadigan masalalar esa adliya bo‘limi ish yurituviga olindi. Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida “Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” shiori ostida firibgarlik jinoyatining oqibatlari va oldini olish yo‘llari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi. Bundan tashqari, Prezidentning PQ-133-sonli qarori — “Yo‘qilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish, energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini takomillashtirish” bo‘yicha ham mahalla aholisi o‘rtasida keng tushuntirishlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Xalq deputatlari tuman Kengashining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Mahallada sayyor qabul o‘tkazildi

O‘zbekiston tumani hokimining sayyor qabuli o‘tkaziladi

Farg'ona viloyati ikkinchi liga 8-turidan so‘ng musobaqa jadvali ko‘rinishi

O‘zbekiston tumanida 101,8 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarildi