Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: O‘zbekiston tumanida so‘nggi kunlarda mahallalardagi 40 dona transformator mukammal ta’mirlandi






O‘zbekiston tumanida 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni betalafot o‘tkazish bo‘yicha kommunal sohalarda belgilangan tadbirlar rejali ravishda olib borilmoqda. Xususan, mavsumda aholini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida, tuman energetiklari tomonidan shu kungacha tuman hududidagi 94,2 km elektr uzatish tarmoqlari, 40 dona transformator punktlari mukammal ta’mirlandi. Qayd etilishicha, buning natijasida 2 mingdan ziyod aholi xonadonlarida elektr ta’minoti yaxshilanishiga erishildi. Hududlarda elektr ta’minotini yaxshilash, elektr qurilmalari va uzatish tarmoqlarini joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlari jadal davom etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Mahallada sayyor qabul o‘tkazildi

O‘zbekiston tumani hokimining sayyor qabuli o‘tkaziladi

Farg'ona viloyati ikkinchi liga 8-turidan so‘ng musobaqa jadvali ko‘rinishi

O‘zbekiston tumanida 101,8 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarildi
