Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
11
3
132025-04-29 15:56

Ochiq muloqotda kichik va o‘rta biznes vakillarining bank sohasiga oid muammolariga yechim izlandi

O‘zbekiston tumanida Markaziy bankning Farg‘ona viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Do‘saliyev ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda dastlab Prezidentimizning “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati va tarmoq vakillariga berilgan yengilliklar, shuningdek bank xizmatlaridan samarali foydalanish, bank kredit turlari va imtiyozlar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Bosqichma-bosqich o‘z biznesini kengaytirish niyatidagi ishbilarmonlarning loyihalari bilan tanishilib, ularning soha rivojiga oid taklif-mulohazalari tinglandi. Muloqot davomida tadbirkorlarning o‘z faoliyatlarini yanada kengaytirish, bank kreditlari, biznes loyihalarni moliyalashtirish kabi masalalarga oid murojaatlari o‘rganilib, muammolarini hal etish choralari izlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz