Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
67
10
2342025-07-08 19:18

Bitiruvchilarga diplomlar topshirildi.

Dang‘ara tumani Bog‘ish MFYda joylashgan 3-son politexnikumi bitiruvchilariga diplom topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi Tadbirda tuman hokimi, tuman IIB boshlig‘i, bitiruvchilar va ularning ota-onalari, professor-o‘qituvchilar, pedagog xodimlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida bitiruvchilar va ularning ota-onalari institut tomonidan ko‘rsatilgan bilim va ko‘nikmalar uchun minnatdorlik bildirdi. Tadbir davomida bitiruvchilarga diplomlar topshirilib, kelajakdagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilandi. O‘quv yili davomida ilm-fan, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa yo‘nalishlarda katta natijalarga erishgan, shu bilan birga, turli respublika va xalqaro tanlovlar, fan olimpiadalari, institut miqyosida o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblari va ularning ota-onalariga faxriy yorliqlar topshirildi. Bugungi diplom topshirish marosimi bitiruvchilar hayotida yangi bosqichning boshlanishi, shuningdek, mamlakatimizda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, raqobatbardosh mutaxassislar yetishib chiqayotganining amaliy ifodasi bo‘ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz