Farg‘ona tumanida «Profilaktika kuni» munosabati bilan tongi saflanish tadbiri o‘tkazildi




Farg‘ona tumani Ichki ishlar bo‘limida “Profilaktika kuni“ doirasida navbatdagi tonggi saflanish tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Jahongir Xasanov, tumandagi mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar etakchilari, profilaktika inspektorlari, patronaj hamshiralar hamda boshqa mas‘ul tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar. Tongi saflanish davomida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, mahallalarda tartib-intizomni mustahkamlash, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar muhokama qilindi hamda kun davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, hududlarda ijtimoiy muhitni barqarorlashtirish, yoshlar o‘rtasida jinoyatga qarshi immunitetni shakllantirish, xotin-qizlar bilan alohida ishlash hamda og‘ir ijtimoiy holatdagi oilalar ustidan doimiy monitoring olib borish zarurligi ta‘kidlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Xalq deputatlari tuman Kengashining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Mahallada sayyor qabul o‘tkazildi

O‘zbekiston tumani hokimining sayyor qabuli o‘tkaziladi

Farg'ona viloyati ikkinchi liga 8-turidan so‘ng musobaqa jadvali ko‘rinishi

O‘zbekiston tumanida 101,8 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarildi