Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
11
3
202025-04-29 18:30

Fuqarolar qabuli – xalq bilan ochiq muloqot

Tuman hokimining qabulida 40 nafardan ziyod fuqarolarning murojaatlari o'rganildi. So'x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev aholi bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va hal etish maqsadida O'zbekiston Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasida fuqarolar qabulini o'tkazdi. Navbatdagi fuqarolar qabulida So'x tumani hokimi Saydbahrom Sayidmusayev va sektor rahbarlari, Xalq qabulxonasi mudiri, hokim o'rinbosarlari, mas'ul tashkilot hamda muassasalar rahbarlari ishtirok etdi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalarga oid taklif va murojaatlar bildirildi. Shu kuni qabul davomida 40 nafardan ziyod fuqarolar tomonidan bildirilgan turli yo'nalishdagi masalalar har tomonlama ko'rib chiqildi. Muammolarning aksariyatiga qabul chog'ida ijobiy yechim topildi. Ijrosi ma'lum muddat va qo'shimcha o'rganishni talab qiladigan murojaatlar bo'yicha mutasaddi rahbarlarga ko'rsatma va topshiriqlar berildi. Qabul yakunida har bir murojaat tahlil qilinib, amaliy yordam ko'rsatish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz