Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
11
3
192025-04-29 18:44

Yangiariq mahallasidagi ehtiyojmand fuqarolar holidan xabar olindi

Kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan fuqarolar holidan xabar olish va ularga yordam qo'lini cho'zish eng xayrli va savob amallardan hisoblanadi. Bunday harakat va intilishlar insonlar o'rtasidagi mehr-oqibatni ham yanada kuchaytiradi. Tuman hokimi o'rinbosari Sodiqjon Murzoyev va Yangiariq mahallasidan tuman Kengashiga saylangan deputat Amirali Safarovlar bugun mahalladagi kam ta'minlangan oilalar, ko'p bolali fuqarolar va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lib qolgan yangiariqliklar xonadonlarida bo'lishdi. Tashrif chog'ida ushbu fuqarolarga sovg'a-salomlar yetkazildi, hollaridan xabar olish barobarida ularning muammolari ham o'rganildi. Insonlarga e'tibor va ehtiyojmandlarga yordam qo'lini cho'zib, ularga amaliy ko'mak ko'rsatish insoniylikning yorqin namunasidir. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz