Toshloq tumani “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2025 yil 2-bosqichi boshlanishi to‘g‘risida ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–5072-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 30 yanvardagi KQ-666-IV-sonli qarori asosida joriy etilgan “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2025-yil 1-bosqichi 01-fevraldan 20-martga qadar uch bosqichdan iborat jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish jarayoni o‘tkazilib 15 ta taklif g’olib bo’lgan edi. Xuddi shunday “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2-mavsumi joriy yilning 15-iyul kunidan boshlanishi rejalashtirilmoqda. Bunga ko‘ra: 15-iyuldan 3-avgustga qadar – loyiha kiritish bosqichi; 4-avgustdan – 18-avgustga qadar – loyihalarni saralash bosqichi; 19-avgustdan – 21-avgustga qadar – targ‘ibot bosqichi; 22-avgustdan – 31-avgustga qadar – ovoz berish bosqichlari o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Sizlardan ushbu jarayonda o‘zingizni loyihangizni ilgari surib ishtirok etishingizni so‘raymiz.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Xalq deputatlari tuman Kengashining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Mahallada sayyor qabul o‘tkazildi

O‘zbekiston tumani hokimining sayyor qabuli o‘tkaziladi

Farg'ona viloyati ikkinchi liga 8-turidan so‘ng musobaqa jadvali ko‘rinishi

O‘zbekiston tumanida 101,8 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarildi