Farg‘ona shahrida aholining muammolarini hal etish bo‘yicha navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.








Prezident topshirig‘iga muvofiq, aholining dolzarb muammolarini joyida hal etish maqsadida Farg‘ona shahar hokimi boshchiligida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Bu galgi qabul "Istiqlol", "Lolazor", "A.Qodiriy", "Oʻzbekiston" va "Bobur" mahalla fuqarolar yig’ini hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari koʻrib chiqildi. Unda ichimlik suvi, uy-joy, moddiy yordam, elektr ta’minoti, ekinlarni sug’orish, aliment va ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha jami 30 ga yaqin murojaat tinglandi. Murojaatlarning bir qismi shu joyning o‘zida hal etilib, qolganlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi. Qabul yakunida shahar hokimi murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganib chiqdi va ularning yechimi bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi. Sayyor qabullar aholining muammolarini tezkor va samarali hal etishning amaliy shakliga aylanmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Xalq deputatlari tuman Kengashining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Mahallada sayyor qabul o‘tkazildi

O‘zbekiston tumani hokimining sayyor qabuli o‘tkaziladi

Farg'ona viloyati ikkinchi liga 8-turidan so‘ng musobaqa jadvali ko‘rinishi

O‘zbekiston tumanida 101,8 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarildi